2 373 02/10/2026

Rossiyada patent asosida işlayotgan xorijiy fuqarolarning mehnat faoliyati töğrisida IIVni xabardor qiliş – «uvedomleniye» beriş qoidalari özgardi. Yangi tartib iş beruvçilar va muhojir işçilarning özlari örtasidagi majburiyatlarni qat’iy çegaralaydi.

Agar siz jismoniy şaxs qölida işlayotgan bölsangiz, öz mehnat faoliyatingiz töğrisida IIVning hududiy organini şaxsan xabardor qilişingiz şart. Buni patent olingan kundan boşlab ikki oy içida amalga oşiriş lozim. Taşkilot yoki kompaniyaga işga joylaşişda esa vaziyat boşqaça tus oladi. Bunday holatda javobgarlik töliq iş beruvçi zimmasiga yuklanadi, u mehnat şartnomasi tuzilgani yoki bekor qilingani töğrisida xabarnoma topşirişi kerak. Qonun uşbu protsedurani bajariş uçun uç iş kunini belgilagan.

Mazkur talablarga bepisandlik bilan qaraş iş beruvçi uçun jiddiy oqibatlarni keltirib çiqaradi. Xorijiy xodimning işdan böşatilgani haqidagi ma’lumotlarni öz vaqtida taqdim etmaslik uçun 800 ming rublgaça jarima va kompaniya faoliyatini 90 sutkagaça muddatga töxtatib turiş ham nazarda tutilgan. Hujjatlarni topşiriş jarayonini osonlaştiriş va tezlaştiriş uçun «Gosuslugi» portalidan foydalaniş imkoniyati mavjud böladi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya