Maqola

150 22/08/2024

Endi barcha haydovchilar “ОСАГО” polisidan tashqari, «ОСГОП» polisini – ya’ni haydovchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasini ham sotib olishlari kerak bo’ladi.

YTH holatida taksida bo’lgan yo’lovchi «ОСГОП» bo’yicha 2 million rublgacha to’lov olishi mumkin bo’ladi. «ОСГОП» polisi odatiy “ОСАГО” polisidan taxminan olti baravar qimmat.

Asosiy muammo shundaki, yo’lovchi avtohalokatdan keyin moddiy to’lov olishi uchun haydovchi “Taksi to’g’risida”gi 580-sonli Federal qonun talablariga to’liq javob berishi kerak. Lekin hozirda aholi punktlarining 90 foizida haydovchilarda ushbu qonun talablarini bajarish imkoniyati yo’q.

Migrant.uz avval ushbu qoida haqida yozgan edi. Ammo ko’pchilik taksistlar hali ham yangi tartib haqida bilishmasligi ma’lum bo’lmoqda.

— Men yana qandaydir polis kerakligini birinchi marta eshityapman. Agar shunday bo’lsa, bundan keyin ishlolmayman. Hech qanday polissiz kuniga 10-12 soat ishlab taxminan 10 ming rubl topaman. Bu summadan 30% (3 ming rubl) – “Yandex”ga komissiya, 2 ming rubl – mashinani ijarasi uchun, 2 ming rubl – benzin uchun olib tashlash kerak. 2,5-3 ming rubl qoldi. Bu daromaddan yana patent, “registratsiya”, taksopark “akkaunt”iga, yo’l varaqalarini rasmiylashtirish, mashinaning mayda remonti, “moyka”, jarimalar to’lanishi kerak. Taksist buncha pul topolmaydi, – deydi taksist Azizbek Migrant.uz muxbiri bilan suhbatda.

Iqtisodchilar taksi haydovchilari uchun majburiy «ОСГОП» polisi joriy etiganidan keyin taksi narxlari sezilarli darajada qimmatlashini aytmoqda. “Yandex Go” kompaniyasi esa yangiliklarga optimistik qaramoqda.

— 1-sentabrdan boshlab taksistlar “ОСГОП” polisini sotib olish va bu haqda davlat organlariga xabar berish uchun 60 kunlar vaqt beriladi.

Yaqinda taksistlar bir yilga emas, balki ishga chiqqan kunlardagina amal qiladigan qisqa muddatli “ОСАГО” polislarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Agar ruxsat berilsa, “ОСГОП” uchun shu kabi yechim ishlab chiqishga tayyormiz, – deb xabar bermoqda “Yandex Go”.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya