
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolari uchun davlat bojini oshiruvchi qonunni imzoladi. Yangi qoidalar 2025-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Endi chet elliklar turli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ko’proq pul to’lashlari kerak bo’ladi:
– Patent (yangi yoki qayta rasmiylashtirish): 4200 rubl (taxminan 658 000 so‘m);
– Ish ruxsatnomasining dublikati: 2100 rubl (taxminan 329 000 so‘m);
– Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo’lish muddatini uzaytirish: 1000 rubl;
– Migratsiya xizmatida ro’yxatdan o’tish: 500 rubl.
Rasmiylar bu o‘zgarishlarni mamlakatdagi muhojirlar oqimi ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi ekanliklari bilan izohlamoqda.