1 112 20/08/2025

Moskvadan Toshkentga uchayotgan «Уральские авиалинии» aviakompaniyasining Airbus A321 samolyoti bitta bezorining qiliqlari tufayli orqaga qaytishiga to‘g‘ri keldi. 42 yoshli Husniddin parvoz zerikarli o‘tmasin dedimi, yonida o‘tirganlarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qila boshladi.

Samolyot balandlikka ko‘tarilgach, u o‘tirgan joyidan turib, baland ovoz bilan baqirib, qo‘llarini silkita boshladi. Ekipaj va boshqa yo‘lovchilarning tinchlantirishga urinishlari unga aks ta’sir qila boshladi.

Natijada kapitan tomoshani to‘xtatishga majbur bo‘ldi: Moskvadan 120 kilometr uzoqlashganda Jukovskiy aeroportiga qaytishga qaror qilindi. Bu vaqt davomida parvoz «qahramoni» boshqa yo‘lovchilar tomonidan ushlab turilgan.

Qo‘nishdan so‘ng bezorini politsiya kutib oldi. Unga nisbatan protokol tuzilib, qolgan yo‘lovchilar salkam uch soat kechikish bilan Toshkentga yetib kelishdi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya