Мақола

58 18/04/2024

Qozog‘iston poytaxtining polisiyasi 10 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaroni qo‘lga oldi. Ostona polisiya departamenti matbuot xizmati uni ekstradisiya qilish masalasi hal qilinayotganini xabar qilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining 42 yoshli fuqarosi 10 yildan buyon odam savdosi bilan shug‘ullanib, qidiruvda bo‘lgan. Qidiruv Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan”, deyiladi xabarda.

Hozirda fuqaro vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Ekstradisiya masalasi hal qilinmoqda.

Bosh prokuraturaning rasmiy saytida xabar qilinishicha, Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ekstradisiya qilish tartibi qidiruvdagi shaxsni qamoqqa olish, sudning sanksiyasi bilan 40 sutkaga vaqtinchalik qamoqqa olish tartibini qo‘llash va keyin 12 oy muddatga ekstradisiya hibsga olishni o‘z ichiga oladi.

Bu vaqt ichida qamoqqa olingan shaxsga nisbatan ekstradisiya tekshiruvi o‘tkaziladi va uni xorijiy davlatga topshirish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация