Maqola

267 05/08/2026

Krasnodarning Prikubanskiy tuman sudi jinoiy guruhning uch nafar a’zosiga Rossiyada migrantlarning noqonuniy boʻlishini tashkil etganlik uchun qattiq hukm chiqardi. Krasnodar oʻlkasi sudlarining birlashgan matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu guruhning tashkilotchisi Mirzoyev familiyali erkak boʻlgan.

2024-yil yanvarda u jinoiy faoliyatga yana ikki nafar sherigi — Mudobirov va Gusarukni jalb qilgan. Mirzoyev mamlakatda boʻlish uchun hujjatlarini uzaytirishi kerak boʻlgan 653 chet el fuqarosini topgan. Guruh rahbarining koʻrsatmasiga binoan, uning sheriklari chet elliklar bilan soxta mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishgan.

Ushbu hujjatlar asosida migrantlar Rossiyada boʻlish muddatini rasmiy ravishda uzaytirishlari mumkin boʻlgan. Har bir bunday soxta rasmiylashtirish uchun guruh a’zolari odamlardan 15 dan 30 ming rublgacha olishgan. Soxta bildirishnomalarni ular Rossiya IIV Bosh boshqarmasining Krasnodar oʻlkasi boʻyicha Migratsiya masalalari boshqarmasi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimiga yuborishgan. 2025-yil aprelda Rossiya FSBning Krasnodar oʻlkasi boʻyicha boshqarmasi xodimlari jinoiy sxemani fosh etishdi va guruh faoliyatiga chek qoʻyishdi. Ushbu ishda yana 20 kishi ishtirok etgani ma’lum. Ular ham soxta mehnat shartnomalari tuzishgan va chet elliklarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyishgan, biroq ular avvalroq sudlangan.

Endi sud ishning asosiy figurantlari uchun jazoni belgiladi. Guruh tashkilotchisi 10 yil-u 8 oy qattiq tartibli koloniya jazosini oldi. Shuningdek, sud undan 1,6 million rublni musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Uning sheriklaridan biri qattiq tartibli koloniyada 8 yarim yil oʻtkazadi. Unga 100 ming rubl jarima belgilandi va 1,1 million rubli musodara qilindi. Yana bir ayblanuvchi esa 3 yil umumiy tartibli koloniya jazosini oldi. Unga ham 100 ming rubl jarima solindi va 67,5 ming rubli musodara qilindi. Sud qarori hali qonuniy kuchga kirmadi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya