Maqola

229 21/10/2024

Rossiya hukumati «nazoratdagi shaxslar ro‘yxati»ni e’lon qildi. Unga 120 mingdan ziyod huquqbuzarlikda gumon qilinayotgan Tojikiston fuqarolari kiritilgan. Bu haqda Tojikistonning Mehnat, migratsiya va aholini bandlik bilan ta’minlash vazirligi xabar bermoqda.

Tojikiston vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 5-fevralidan boshlab Rossiyada chet elliklarning mamlakatda bo‘lishi tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Ushbu o‘zgarishlar qabul qilinishi bilan birga, muhojirlarning deportatsiya qilinishida yangi tizim joriy etiladi. Yangi tizim doirasida “nazoratdagi shaxslar ro‘yxati” (reyestr) shakllantirilgan. Biroq, yangi tizimning aniq tafsilotlari hali oshkor qilingani yo‘q, deb yozmoqda «Азия плюс» nashri.

Shu bilan birga, Tojikiston mehnat vazirligi ushbu ro‘yxatda fuqarolarning ismi bor-yo‘qligini tekshirish uchun havolalarni taqdim etgan. Tojikistonlik fuqarolar o‘z ma’ulamotlarini noqonuniy muhojirlar ro‘yxatida bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun mehnat vazirligining yoki migratsiya xizmatining saytlaridan foydalanishi mumkin. Tojikiston idoralarining saytida Rossiyada noqonuniy yurgan tojikistonliklar haqida oxirgi ma’lumotlar mavjudligi aytilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya