
Rossiyaga işlaş uçun, pul topib keliş uçun borgan quvalik 26 yoşli R.B. bir neça oydan keyin esa Rossiya Qurolli kuçlari safida şartnoma imzolab, Ukrainadagi jangovar harakatlarga ketdi. Sud hukmida uning uruşga qanday kirib qolgani, frontda boşidan keçirgan voqealari va Özbekistonga qaytganidan keyingi holatlar batafsil bayon qilingan.
Sud hujjatlariga köra, R.B. 2023-yil 4-noyabrda Rossiyaga işlaş maqsadida borgan. U yerda yollanma işlarda, jumladan qabrtoşlari tayyorlaş tsexida işlagan.
2023-yil dekabr oyining oxirida otasining yoniga, Moskva viloyatining Balaşixa şahriga borgan.
U Balaşixada tanişi, Belarus fuqarosi N.Malixov Rossiya Qurolli kuçlari nomidan Ukrainadagi jangovar harakatlarda iştirok etiş uçun şartnoma imzolaganini eşitgan. Şundan keyin R.B. ham bunday şartnoma tuzişga qaror qilgan.
Sudda u bu qarorini moddiy jihatdan qiyin ahvolda bölgani va qarzdorliklari borligi bilan izohlagan.
Natijada 2024-yil 23-fevralda Rossiya Qurolli kuçlari safida jangovar harakatlarda iştirok etiş uçun şartnoma imzolagan. Hukmda şartnoma uning tomonidan ixtiyoriy ravişda imzolangani qayd etilgan.
Şartnoma imzolangandan keyin R.B. 2024-yil fevral oyining oxiri va mart oyi boşlarida harbiy tayyorgarlikdan ötgandan söng Ukraina hududining Lugansk viloyatidagi janglarda qatnaşiş uçun yuborilgan.
Uning suddagi körsatuviga köra, dastlab harbiy texnika yordamidagi janglarda iştirok etgan. Keyin 130 kişilik harbiy qism tarkibida jang maydoniga kirgan.
R.B.ning aytişiça, Ukraina armiyasining qarşi hujumlari natijasida 117 nafar şerigi halok bölgan. Uning özi va yana 12 kişigina jang maydonidan tirik qaytgan.
Şundan söng u uç kun dam olgan va yana 48 kişilik piyoda qöşini tarkibida boşqa yönalişdagi jangovar harakatlarda qatnaşgan.
Biroq 2024-yil 15-aprelda R.B. Ukraina armiyasi droni hujumi natijasida öng qölidan jarohat olgan. Ikki hafta davomida harbiy şifoxonada davolanganidan söng yana frontga qaytarilgan.
R.B. sudda oyoğidan ham snaryad zarbasi natijasida yaralangan bölsa-da 2024-yil kuziga qadar himoya guruhi tarkibida jangovar harakatlarda qatnaşgan.
2024-yil sentyabr oyida R.B. Moskvadagi harbiy gospitalga tibbiy körikdan ötiş uçun borgan.
Unga ikki oyoq tos suyaklari bilan boğliq kasallik taşxisi qöyilib, jarrohlik amaliyoti belgilangan.
Şundan keyin u harbiy qismga qaytib, idora-ştab işlarida şuğullangan.
2025-yil iyul oyida şartnoma muddati tugagaç, Rossiya Qurolli kuçlari safidan böşatilgan.
Armiyadan böşatilgandan keyin R.B. Moskvada qolgan. U onasi va singlisi bilan ijara uyida yaşagan va ikkinçi oyoğida operatsiya qilinişi muddatini kutgan. Biroq Rossiya fuqarosi bölmagani sababli operatsiya qilinmagan.
Bundan taşqari, uning Özbekiston fuqarolik pasporti va xorijga çiqiş pasporti ham yöqolgan.
R.B. Moskvadagi Özbekiston elçixonasiga murojaat qilganidan söng unga Vatanga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirilgan.
U IIB xodimlariga Rossiya armiyasida xizmat qilgani haqida maʼlumot berib, özida bölgan harbiy hujjatlarni ixtiyoriy ravişda taqdim qilgan.
Ular orasida harbiy guvohnoma, şaxsiy raqamli jeton, harbiy xizmat şartnomasi, harbiy maʼlumotnomalar, jangovar harakatlar jurnali köçirmasi, harbiy gospital hujjatlari va boşqa materiallar bor edi.
Tergov davomida uning telefonidagi Telegram yozişmalari, 19 ta fotosurat va 8 ta videofayl ham daliliy aşyo sifatida olingan.
Sud R.B. Rossiya yoki Ukraina fuqarosi emasligi, nizolaşayotgan davlat tomonidan harbiy xizmatga rasmiy jalb etilmagani va Ukrainadagi qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriq bajariş vakolatiga ega bölmaganini qayd etgan.
Sud uning Rossiya Qurolli kuçlari safida harbiy tayyorgarlikdan ötib, Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnaşgan harakatlarini Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilgan.
Jazo tayinlaşda sud R.B.ning aybiga iqror bölgani, qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, jinoyatni oçişga faol yordam bergani, avval sudlanmagani va oilaviy şaroitini hisobga olgan.
2026-yil 25-avgustdagi hukm bilan R.B. 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi. Jazo davrida uning yaşaş joyini nazorat qiluvçi organ roziligisiz özgartirişi ham taqiqlangan.