983 06/12/2025

Sankt-Peterburgdagi huquqni muhofaza qilish organlari millatchilik asosida qariyb 20 yil oldin sodir etilgan qotillikda gumonlanuvchini hibsga oldi.

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Ichki ishlar vazirligining Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, jinoyat 2003-yil 14-dekabrda Marat ko’chasidagi binoning hovlisida sodir bo’lgan. Ko‘rinishidan osiyoliklarga mansub erkak, ko’plab pichoq jarohatlaridan vafot etgan.

Jinoyat ishi materiallarini qayta tahlil qilish tergovchilarga millatchi guruh a’zolarini aniqlash imkonini berdi. Hujum irqiy nafratga asoslanganligi aniqlandi. Gumondorlardan biri temir yo’l ta’mirlash ustasi bo’lib ishlaydigan 42 yoshli rossiyalik ekan.

Ayblanuvchi Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Ekstremizmga qarshi kurash markazi xodimlari tomonidan hibsga olingan. Unga Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi («Qotillik») bo’yicha ayblov qo’yilgan.

Tergov davom etmoqda. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qo’lga olingan shaxsning sheriklari bo’lgan-bo’lmaganligini aniqlamoqda va guruh faoliyatining boshqa holatlarini ham tergov qilmoqda.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya