Maqola

354 08/05/2024

2000-yildan 2022-yilgacha butun dunyo bo‘ylab muhojirlarning xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi 650% ga oshib, yiliga 831 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda BMTning ixtisoslashgan tashkiloti hisoblangan Xalqaro migratsiya tashkiloti o‘z hisobotida ma’lum qildi.

“Xalqaro migratsiya inson taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi omili bo‘lib qolmoqda, buni 2000-yildan 2022-yilgacha xalqaro pul o‘tkazmalarining 650 foizdan ortiq o‘sishi tasdiqlaydi. Ular 128 milliard dollardan 831 milliard dollargacha o‘sdi”, — deyiladi hisobotda.

XMT “ko‘plab tahlilchilarning pandemiya tufayli pul o‘tkazmalari sezilarli darajada kamayishi haqidagi prognozlariga qaramay, o‘sish davom etganini” ta’kidlaydi.

Pul o‘tkazmalarining asosiy qismi, ya’ni 647 milliard dollar “migrantlar tomonidan past va o‘rta daromadli mamlakatlarga yuborilgan”. Ushbu mablag‘lar o‘tkazilayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining katta qismini tashkil etadi va jahon miqyosida ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmidan ko‘pdir.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 281 million muhojir bor. Ta’kidlanishicha, migratsiyaning aksariyati «muntazam, xavfsiz va mintaqaviy yo‘naltirilgan». Biroq, mojarolar, zo‘ravonliklar, tabiiy ofatlar va boshqa sabablar tufayli o‘z uyini tashlab ketganlar soni 117 millionga yetdi, bu zamonaviy tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, «migratsiya inqirozlarini hal qilishning dolzarbligini anglatadi».

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya