Maqola

372 01/10/2024

Nijniy Novgorod oblasti bo‘yicha Rossiya IIV Migratsiya masalalari boshqarmasi o‘zining rasmiy saytida 2024-yil 1-oktabrdan boshlab «vizasiz» davlatlardan kelgan xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patentlarning berilishi to‘xtatilishi haqida xabar bergan.

Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi № 115-Federal Qonunining 133-moddasining 3-bandi asosida, Rossiya IIVning 2024-yil 23-sentabrdagi № 1/11198-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Nijniy Novgorod oblastida «vizasiz» davlatlardan kelgan xorijliklarga patentlarning berilishi to‘xtatiladi, deyiladi rasmiy bayonotda.

“ПВС” xodimining Migrant.uz bilan suhbatda ma’lum qilishicha, Nijniy Novgorod oblastida patent berish 2024-yil 1-oktabridan 2025-yilning 1-martigacha to‘xtatilgan. Ammo Nijniy Novogorodga 1-oktabrgacha kelgan migrantlarga patent beriladi, avval berilgan patentlar uzaytiriladi, agar patentga qandaydir o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘lsa, bu xizmatlar ham amalga oshiriladi. «РВП», «ВНЖ» kabi hujjatlar bo‘yicha o‘zgarishlar yo‘q.

Shuni qayd etish joizki, patent berishga taqiqning sabablari oshkor qilinmagan. Nijniy Novgorod oblasti — xorijiy fuqarolarga patent berishni taqiqlagan Rossiyaning birinchi subyekti hisoblanadi.

Sizningcha, boshqa hududlar ham Nijniy Novgorodga o‘xshab, patent berishni taqiqlaydimi?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya