Maqola

95 03/04/2025

Ushbu ma’lumotlarni 2021-yildan boshlab hisobot olib borayotgan Rossiyaning Yagona idoraviy axborot-statistik tizimi keltirmoqda.

Rossiyada chet ellik bemorlar asosan diagnostika, oftalmologik yordam, shuningdek, ginekologiya, xirurgiya va onkologiya sohalarida tibbiy xizmatlardan foydalangan. Rossiyada tibbiy yordam oladigan xorijliklarning aksariyati Markaziy Osiyo va boshqa sobiq sovet davlatlari fuqarolari ekani aytilmoqda.

Hozirgi kunda Rossiyaning yirik tibbiyot markazlari muntazam ravishda xorijiy bemorlarni qabul qilishi ta’kidlangan. Masalan, Radiologiya bo’yicha ilmiy institute besh yil ichida 11 mingdan ortiq xorijiy fuqaroga yordam ko’rsatgan, Transplantologiya markazi esa har yili 100 dan ortiq chet ellikka xizmat ko’rsatadi.

Biroq, mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu statistika ishlash ruxsatnomalarini olish uchun majburiy tibbiy ko’rikdan o’tayotgan mehnat migrantlarini ham o’z ichiga oladi.

Ekspertlar Rossiyada tibbiy turizm bozorining yanada o’sishini prognoz qilmoqda. Infratuzilmani rivojlantirish va viza tartib-qoidalarini soddalashtirish sharti bilan, 2030-yilga borib, uning hajmi yiliga $7,6 milliardgacha oshishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya