
2025-yil boshidan buyon migratsiya qoidalarini buzgan 2800 nafar chet el fuqarosi Rossiyadan deportatsiya qilindi. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 17 foizga koʻp.
Vazirlikning qayd etishicha, mamlakatda xorijliklarning bo‘lishi ustidan nazorat kuchaytirilgan. Birinchi olti oyda qonuniylashtirish uchun berilgan hujjatlar soni sezilarli darajada kamaydi: vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar – 31 foizga (16,6 mingtaga), yashash uchun ruxsatnomalar – 32 foizga (80,1 mingtagacha). Shu bilan birga, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq ko‘proq huquqbuzarliklar aniqlangan: 1359 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.
Qattiqlashish tendentsiyasi sud statistikasida ham seziladi. 2024-yilda sudlar Rossiyadan 2023-yilga nisbatan uchdan biriga ko‘p muhojirlarni chiqarib yubordi. Xorijiy fuqarolarning bo‘lish rejimi va davlat chegarasini qo‘riqlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar soni ham 31 foizga oshgan.
O‘tgan yilning sentabrida Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin yuqori malakaga ega bo‘lmagan migrantlarga oilalarini Rossiyaga olib kelish imkoniyati berilmasligi kerakligini aytgan edi. Ko’p o’tmay, bunday holatlarni cheklovchi qonun loyihasi tayyorlandi.