2025-yilda yuqori malakali migrantlar orasida eng yuqori maosh oyiga 380 ming rubl bo‘ladi. Bu haqda «RBK» tomonidan tahlil qilingan, 9-dekabrda qabul qilingan Mehnat vazirligining «Rossiya Federatsiyasiga viza asosida kelayotgan chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun kasblar (mutaxassisliklar, lavozimlar) ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘idan ma’lum bo‘ldi.
Bunday maoshni boshqaruv raisi oladi. Undan bir oz kam — menejer (275 ming rubl) va sportchi-instruktor (250 ming rubl) maoshi. Brinza tayyorlash ustasi, blanshirovchi va departament direktoriga 230 ming rubl taklif etiladi.
Eng past maosh esa oshpaz va nonvoy (20 ming rubl), massajchi (23 ming rubl) va kiyim dizayni konstruktoriga (25 ming rubl) taklif qilinadi.
«RBK» ushbu hujjat loyihasiga tayanib xabar qilishicha, 2024-yilda viza bilan migrantlarni ishga qabul qilish ehtiyoji 1,5 marta kamroq bo‘lib, 155,9 ming kishini tashkil etgan. Chet ellik ishchi kuchini jalb qilish sabablari orasida hududlarda zarur kadrlarning yo‘qligi hamda import jihozlarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish zarurati keltirilgan.
Bu kvotalar faqat viza asosida mamlakatga kelayotgan chet elliklar uchun amal qiladi (YeOII mamlakatlari fuqarolari, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston va Moldova kelganlar Rossiyada vizasiz ishlashi mumkin).