Maqola

727 12/12/2025

2025-yilda Rossiya pasportini eng ko‘p olgan xorijliklar Fransiya fuqarolari bo‘ldi. Birinchi uchlikdan AQSH va Germaniyadan kelganlar ham bor, deb xabar berdi RIA Novosti.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 71 kishiga (shu jumladan oltita bola) prezident farmoni bilan Rossiya fuqaroligi berilgan.

Ulardan 32 kishi (28 nfar katta yoshlilar va to‘rt bola) Fransiyada tug‘ilgan. Bu yil Rossiya fuqaroligini olgan eng keksa fransuz fuqarosi 87 yoshda, eng kichigi esa sakkiz yoshda.

Boshqa mamlakatlarning tug‘ilgan fuqarolari 2025-yilda Rossiya pasportlarini ancha kam olishgan: Qo‘shma Shtatlar va Germaniya mos ravishda olti va besh kishi «yangi rossiyalik» bo‘ldi.

Tojikistondan to‘rt kishi (shu jumladan ikki bola) va to‘rt nafar italiyalik ham Rossiya fuqaroligini olgan. Ukrainadan uch kishi, Rossiyada tug‘ilgan uch kishi, Serbiyadan va Livandan ikki kishidan Rossiya pasportiga ega bo‘ldi.

2025-yilda Marokash, Bosniya va Gersegovina, Turkiya, Qozog‘iston, Suriya, Eron, Kamerun, Buyuk Britaniya, Xorvatiya va Yugoslaviyada tug‘ilgan odamlar ham, (har bir mamlakatdan bir kishidan) Rossiya pasportlarini olishdi.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya