Yangi yil ta’tillari Rossiyada 11 kun davom etadi. Ular 2024-yilning 29-dekabr, yakshanba kuni boshlanadi va 2025-yilning 8-yanvar, chorshanba kunigacha davom etadi, deb yozadi «РИА Новости».
Rossiya qonunchiligiga (ТК РФ 112-modda 2-qismi) ko‘ra, bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, ushbu dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. 2024-yil 4-oktyabrdagi Rossiya Hukumati qaroriga muvofiq (№ 1335) Yangi yil ta’tillari ikkita dam olish kuniga to‘g‘ri kelmoqda va ular boshqa sanalarga ko‘chiriladi:
– 4-yanvar 2025-yil (shanba) kungi ta’til 2025-yilning 2-may (juma) kuniga;
– 5-yanvar (yakshanba) kungi ta’til esa 2025-yilning 31-dekabr (chorshanba) kuniga o‘tkaziladi.
Yanvar oyida migrantlar agar ularning bandliklari boshqa tartibni nazarda tutmasa jami 17 kun ishlaydi, qolgan kunlari dam oladi.
Ta’til kunlarini qanday o‘tkazishni rejalashtiryapsiz?