Maqola

376 25/10/2024

Migrantlar uchun elektron guvohnomalar 2025-yildan boshlab Moskva shahrida tajriba tariqasida joriy etiladi, deb xabar berdi Moskva meri Sergey Sobyanin “TACC” agentligiga.

Bunday guvohnoma muhojir haqida barcha ma’lumotlar: kelgan sanasi, biometrik ma’lumotlari, ish joyi, ro‘yxatdan o‘tgan joyi, hujjatlari va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Agar electron guvohnomaning biror joyi noto‘g‘ri bo‘lsa, politsiya xodimi migrantga nisbatan tegishli choralarni ko‘rishi shart bo‘ladi, deb yozmoqda “Gazeta.ru” nashri.

Tajriba doirasida 2025-yilda Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etiladi, deb qo’shimcha qilgan Moskva meri Sergey Sobyanin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya