1 780 23/10/2024

Bu qoida Rossiyada xorij fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasi, 1-qismi 1-podpunktida ko‘rsatilgan.

Qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlarga ko‘ra, 90/180 qoidasi 90/365 qoidasiga almashtirilgan. Bu esa 2025-yildan boshlab, xorij fuqarolari Rossiyada bo‘lishga asosi bo‘lmasa bir yil davomida faqatgina 90 kun qolishga huquqi bo‘lishini anglatadi. Ya’ni Rossiyaga kelgach hech qanday hujjat rasmiylashtirmagan muhojirlar 90 kundan keyin mamlakatni tark etishi kerak bo‘ladi.

90/365 qoidasi qaysi toifadagi muhojirlarga taalluqli bo‘lmaydi?

Rossiyada 90 kundan ortiq bo‘lishga asos bo‘luvchi holatlar quyidagilar:

– Migratsiya qaydi uzaytirilsa;
– Patent rasmiylashtirgan yoki tegishli tartibda ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
– Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (РВП) yoki doimiy yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) rasmiylashtirilgan bo‘lsa
– “РВП” yoki “ВНЖ” rasmiylashtirish uchun hujjatlar topshirilgan bo‘lsa;
– Ish beruvchi tomonidan yuqori malakali mutaxassis (ВКС) sifatida ishga olish haqida iltimosnoma Ichki ishlar vazirligi migratsiya bo‘limiga kiritilgan bo‘lsa;
– Yuqori malakali mutaxassisga berilgan ishlash ruxsatnomasini uzaytirish bo‘yicha ish beruvchining iltimosnomasi migratsiya bo‘limi tomonidan qabul qilingan bo‘lsa.

Shuningdek, migratsiya qaydini uzaytirish sharti bilan:

– Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar;
– Rossiyada ta’lim olayotgan talabalar;
– Rossiya davlat shifoxonalarida davolanayotgan xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 90/365 qoidasi taalluqli emas.

Bularni inobatga olib, barcha muhojirlarga avvaldan qonuniy maqom va Rossiyada bo‘lish uchun asoslarni rasmiylashtirish borasida chora ko‘rish qat’iy tavsiya etiladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya