Maqola

1 119 07/01/2025

Mazkur dayjestga faqat qabul qilingan va yanvardan kuchga kirgan huquqiy normalar kiritilgan.

Demak, 2025-yil 1-yanvardan:

– Rossiyaga vizasiz kelgan chet el fuqarolarining mamlakatda qolish muddati bir yilda 90 kundan oshmasligi kerak. Qonuniy tartibda qolish muddati uzaytirilgan holatlar, masalan, patent rasmiylashtirilgan bo‘lsa bundan mustasno. Bu haqida ushbu materialimizda o‘qishingiz mumkin.

– Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 1126-sonli farmoniga ko‘ra, Rossiyada hujjatsiz yurgan mehnat muhojirlari 30-aprelgacha patent rasmiylashtirishi mumkin. Mazkur amnistiya haqida quyidagi materialda bilib olishingiz mumkin.

Rossiyada eng kam oylik 22 440 rubl, deb belgilandi. Bu degani, mazkur oylikdan kam haq to‘lash qonunan mumkin emas. Moskvada misol uchun, federal МРОТ oshirilgani uchun mintaqaviy МРОТ ham o‘zgartirildi va 32 316 rubl deb belgilandi.

yo‘l qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi, jarimani to‘lash uchun imtiyoz 50%dan 25% qisqartirildi. Batafsil ushbu materialda tanishishingiz mumkin.

2025-yilning 25-yanvaridan boshlab:

– kvotasiz «РВП» olish uchun yoki rasmiy nikoh “ЗАГС”dan o‘tilganiga uch yil to‘lgan bo‘lishi yoki ushbu nikohda tug‘ilgan yoxud boqib olingan umumiy farzand bo‘lishi kerak;

– nikoh asosida olingan «РВП» ajrimdan keyin bekor qilinadi;

ota-onalik huquqidan mahrum qilinsa yoki vasiylik bekor qilinsa yoxud bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida xorijlik ota-onaning ma’lumotlari o‘chirib tashlansa, nikoh va farzand asosida olingan «РВП» bekor qilinadi;

– voyaga yetmagan farzand asosida «ВНЖ» olish uchun bola Rossiya fuqarosi bilan rasmiy nikohdan tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Agar rasmiy nikoh bo‘lmasa, unda Rossiya hududida bolaning onasi bilan kamida uch yildan buyon yashab kelinayotgani, bolaning tarbiyasi, ta’minoti va umumiy ro‘zg‘orda kamida uch yildan buyon xorijlik ota-ona ishtirok etayotgani sud orqali isbotlab berilishi lozim bo‘ladi;

– agar muhojir Rossiya fuqarosi bo‘lgan farzandning yolg‘iz ota yoki onasi bo‘lsa (ikkinchi ota-ona vafot etgan yoki daraksiz yo‘qolgan bo‘lsa), unda «ВНЖ»ni farzand asosida olish mumkin bo‘ladi;

«ВНЖ» nikoh asosida «РВП» olgandan keyin rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda rasmiy nikoh bekor qilinganida «ВНЖ» ham bekor qilinadi;

– ota-onalik huquqidan mahrum qilinsa yoki vasiylik bekor qilinsa yoxud bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida xorijlik ota-onaning ma’lumotlari o‘chirib tashlansa, nikoh va farzand asosida olingan «ВНЖ» bekor qilinadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya