Maqola

534 15/08/2026

Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot boshqa mamlakatlarga koʻchib oʻtishga harakat qilayotgan va halok boʻlgan odamlar sonining keskin oshgani haqida xabar berdi. Tashkilot mutaxassislari oʻz ishlarining qaygʻuli yakunlarini sarhisob qildilar.

2023-yilda butun dunyoda kamida 8565 migrant halok boʻlgan edi. Bu miqdor oxirgi oʻn yil ichidagi eng kattasi boʻldi. Ushbu koʻrsatkich 6876 kishi halok boʻlgan 2022-yildagidan birdaniga 20 foizga koʻp boʻldi. Bundan oldingi fojiali rekordni mutaxassislar 8084 kishi halok boʻlgan 2016-yilda qayd etishgan edi. Tashkilot ushbu ma’lumotlarni rasman yigʻishni boshlagan 2014-yildan beri dunyoda jami 63000 dan ortiq migrant halok boʻldi.

Koʻchib oʻtish uchun eng xavfli yoʻnalish boʻlib hamon Oʻrta yer dengizi qolmoqda. Kuzatuvlar olib borilgan barcha davr mobaynida u yerda kamida 28000 oʻlim holati qayd etildi, faqatgina 2023-yilning oʻzida ushbu suvlarda 3129 kishi halok boʻldi.

Osiyo va Afrika orqali oʻtadigan yoʻllar ham juda xavfliligicha qolmoqda. Osiyoda koʻrsatilgan davr ichida 2138 kishi nobud boʻldi, Afrika qit’asida esa 1866 migrantning halok boʻlgani qayd etildi. Tashkilot vakillari davlatlarni yangi fojialarning oldini olish va yoʻldagi odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun kuchlarni birlashtirishga chaqiradi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya