Maqola

634 09/12/2025

Migratsiya tendentsiyalarini tahlil qilish markazi (ЦАМТ) agar hozirgi vaziyat shunday davom etsa, Rossiyadagi ruslar soni kamayishi haqida taxminlarini e’lon qildi.

Bugungi kunda, 1989-yilga nisbatan, ruslar soni taxminan 13% ga — 145 milliondan 126 milliongacha kamaygan.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, 2050-yilga kelib ruslar soni 90 milliongacha kamayishi mumkin, mahalliy bo’lmagan aholining ulushi esa 5% dan 13% gacha oshadi.

Bundan tashqari, migrant bolalari ulushi oshadi: 2050-yilga kelib bolalarning taxminan 18 foizi, ya’ni har oltita boladan biri migrant oilalarida tug’iladi.

Yirik shaharlarda migrantlar anklavlarining shakllanishi ham kutilmoqda. Masalan, 25 yildan so‘ng Moskva aholisining to’rtdan biri migrant bo’lishi taxmin qilinmoqda.

Shunga o’xshash o’zgarishlar boshqa mamlakatlarda ham allaqachon ro’y bermoqda. Buyuk Britaniyada bolalarning 60% dan ortig’i ingliz tilini o’zlarining ona tili deb hisoblamaydigan hududlar mavjud va maktablarda urdu, panjob va polyak tillari ustunlik qiladi. O’rtacha hisobda, mamlakat bo’ylab har beshta maktab o’quvchisi ingliz tilini ikkinchi til sifatida ishlatadi.

Shunday qilib, Rossiya asta-sekin Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada kuzatilayotgan demografik jarayonlarga yaqinlashishi mumkin, deb ta’kidlaydi markaz olimlari.

 

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya