Мақола

120 23/02/2024

Moskva GIBDD inspeksiyasi 22-25-fevral kunlari mast holatda haydovchilarni aniqlash bo‘yicha kuchaytirilgan reyd o‘tkazishini e’lon qildi.

“Yoʻl harakati qoidalari buzilishining oldini olish va ularga chek qoʻyish maqsadida 22 fevraldan 25 fevralga qadar Moskvada kuchaytirilgan reyd oʻtkaziladi”, — deyiladi GIBDDning rasmiy xabarida.

Shu o’rinda muhojirlarga Rossiyada avtomobil haydash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar bilan rulga o’tirishlarini tavsiya qilamiz.

Hujjatlaringiz orasida pasport, pasport tarjimasi, haydovchilik guvohnomasi, xorijiy haydovchilik guvohnomasining tarjimasi, OSAGO sug‘urtasi, patent, registratsiya, migratsiya kartasi, haydovchining DMS sug‘urtasi va agar haydovchi taksi agregatoriga ishlayotgan bo‘lsa marshrut varag‘i bo’lishi kerak.

Qolaversa, birinchi tibbiy yordam to‘plami ham mashinada bo‘lishi kerak.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация