Maqola

575 22/11/2024

Moskvada 23 va 24-noyabr kunlari shaxsiy mobillik vositalari (SHMV) va velosipedlardan foydalanuvchi kuryerlarning yo‘l harakati qoidalarini buzishlarining oldini olish bo‘yicha reyd o‘tkaziladi. Bu haqda Moskva shahar yangiliklar agentligi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

«Moskva hududida 23 va 24-noyabr kunlari shaxsiy mobillik vositalari va velosipedlardan foydalanuvchi yetkazib berish xizmatlari xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkaziladi», — deb matbuot xizmati xabaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Ta’kidlanishicha, reyd doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari velokuryerlar bilan tushuntirish ishlarini o‘tkazadi. Ularga yo‘lda hushyorlikni saqlash, himoya vositalaridan foydalanish, yo‘l belgilariga rioya qilish va svetofor signallarini hisobga olish muhimligi haqida eslatiladi.

Shu munosabat bilan, Moskvada kuryer sifatida ishlaydigan barcha migrantlarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish va Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ravishda yurganlarini tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurish tavsiya etiladi.

 

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya