219 24/10/2024

Moskvada taksi narxlari 2024-yil 25-oktyabrdan boshlab o‘zgaradi. Mutaxassislar narxlarning qimmatlashini haydovchilar yetishmasligi va avtomobil xarajatlarining oshishi bilan bog‘lashmoqda. Bu haqida «Известия» nashri xabar bergan.

Nashrning ma’lum qilishicha, taksida tariflarning narxlari ko’tarilishiga “Yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi” qonunning yangi talablari ham sabab bo‘lgan. Yandeks Taksi vakillariga ko’ra, taksi xizmatida yo‘l kira haqi kamida 3-4 foizga oshadi. Narxlarning qimmatlashi taksoparklar uchun avtomobillarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisman qoplash va shu bilan birga yangi taksichilarni jalb qilishda yordam berishi kutilmoqda. Ekspertlarning ma’lumotlariga tayanilsa, yil oxiriga kelib Rossiyada taksi sohasida 130 ming haydovchi yetishmaydi.

Narx ko’tarilishi sezilmasligi uchun agregator vakillari taksidan foydalanganda yangi xizmat turlari, masalan, «sharing» («вместе» tarifi) kabi safarlarni tanlashni yoki buyurtmani uzoqroq kutish evaziga arzonroqqa manzilga yetib borishni tavsiya qilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya