Maqola

563 12/12/2024

Rossiya parlamenti 31-dekabrni dam olish kuni deb belgilash haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Bu qaror oxirgi majlisda ma’lum bo‘lgan. Ammo bu yil barcha rossiyaliklar va muhojirlar 31-dekabr kuni ishga chiqishi kerakligini anglatmaydi. Yangiliklardagi ma’lumot har yili 31-dekabrni dam olish kuni sifatida belgilash haqidagi qonun Rossiyada rad etilgani haqida. Bu yil esa muhojirlar, xuddi rossiyaliklar kabi 29-dekabrdan 8-yanvargacha dam oladi.

“TACC”ning xabar berishicha, Davlat Dumasi 31-dekabrni har yili dam olish kuni deb belgilash haqidagi qonun loyihasini qabul qilmagan. Ammo bu yil 31-dekabr 7-yanvardagi dam olishning surilishi hisobiga ish kuni emas.

Avvalroq 28-dekabr to‘laqonli ish kuni sifatida qolishi haqida xabar berilgan edi. Chunki dam olish kuni yangi yil munosabati bilan bayram kunlarini uzaytirish maqsadida 30-dekabrga surilgan edi. Rossiyadagilar 2024-yil dekabr oyida jami 21 kun ishlaydi, 10 kun dam oladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya