586 16/11/2025

Sankt-Peterburgda migrant taksi haydovchilariga taqiq joriy etilgandan so’ng, agregatorlar taxminan 58 000 nafar xorijiy haydovchi akkauntlarini blokladi. Bu haqda Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo’yicha Davlat yo’l harakati inspeksiyasining 4-bo’limi boshlig’i o’rinbosari Pavel Filyushkin xabar berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, politsiya 10-noyabr kuni ommaviy tekshiruvlarni boshlagan. Taqiqqa qaramay, ba’zi xorijiy haydovchilar faoliyat yuritishda davom etmoqda. O’rtacha hisobda bir kechada 15-20 ta qoidabuzarlik aniqlanadi.

Yandex.Taxi kabi agregatorlar cheklov ish ruxsatnomasi asosida ishlaydigan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo’llanilishini xabar qilishdi. Sankt-Peterburgda bunday haydovchilar umumiy sonning taxminan 12 foizini tashkil etadi. Xizmatlarga ularni almashtirish uchun uch oy vaqt berildi. Umuman olganda, taqiq 4500 tagacha haydovchiga ta’sir qilishi mumkin.

Qoidabuzarlar javobgarlikka tortilmoqda, Ularga jarimalar va Rossiyadan deportatsiya qo‘llanishi mumkin.

Akkaunt bloklanganidan so’ng, shahardagi noqonuniy taksi bozori o’sishni boshladi. Haydovchilar endi ilovalar orqali ishlay olmaydigan bo’lib, metro bekatlari, avtobus bekatlari va savdo markazlari yaqinida, asosan turar-joy hududlarida xizmatlarni taklif qilmoqda.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya