Мақола

178 16/02/2024

Kazinformning xabar berishicha 15 fevral kuni “Astana-Chelyabinsk” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi «Jaqsi-Yesil-Buziliq» yo‘lidagi Jaqsi qishlog‘i yaqinida buzilib qolgan.

Jaqsi tumani qutqaruvchilari zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib brogan va yo‘lda qolib ketgan 64 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni evakuatsiya qilgan, ulardan 17 nafari bolalar bo’lgan.

Yo‘lovchilar Jaqsi qishlog‘idagi 1-sonli o‘rta maktabda joylashgan isinish joyiga olib borilgan. Yo‘lovchilardan hech kim tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

Oldinroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi sovuq havo tufayli ogohlantirish bilan chiqib, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarga mashinada chiqmaslikni so‘ragandi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация