Maqola

235 09/05/2024

“Otkaz” kelsa ham “uvedomleniye”dagi xatolarni to‘g‘irlab qayta topshirsa bo‘ladi. Shuning uchun otkaz kelganidan keyin harakatni to‘xtatmay, qaytadan topshirish kerak. Uvedomleniye topshirishda qanday xatoliklar ko‘p uchraydi?

Eng ko‘p uchraydigan xato uvedomleniyeni boshqa Migratsiya bo‘limiga topshirish hisoblanadi. Uvedomleniye dogovorda yozilgan manzil bo‘yicha hududiy Migratsiya bo‘limiga topshiriladi. Masalan, mehnat shartnomasida Moskva shahrida Otkritoye shossesida ish olib boriladi deb yozilgan bo‘lsa, demak “uvedomleniye ” Bogorodskiy tumani bo‘yicha Moskva shahri Migratsiya bo‘limiga topshiriladi.

Ikkinchi ko‘p uchraydigan xatolik – mehnat shartnomasining muddati noto‘g‘ri ko‘rsatilishidir. Agar mehnat shartnomasi yangi patentni olishingizdan avval tuzilgan bo‘lsa, unda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv (Дополнительное соглашение) tuziladi. Shu kelishuvda patent olingan sana yozilib, shartnoma yana bir yilga, ya’ni patentning amal qilish muddati uzaytirilishi ko‘rsatiladi.

Yana bir tez-tez yo‘l qo‘yiladigan xato – mehnat shartnomasining noto‘g‘ri tuzilishi. Ya’ni, shartnomada ishchining mehnat olib boradigan manzili, majburiyatlari, ish tartibi, vaqti hamda taraflarning ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilganiga e’tiborli bo‘lish kerak.

⚠️ Unutmang, “uvedomleniye” topshirmaganlarning patenti bekor qilinadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya