Maqola

205 13/05/2024

Belgorodning o‘qqa tutilishi oqibatida ko‘pqavatli uy quladi. Natijada halok bo‘lganlar soni 19ga yetgan. Ularning orasida yosh bolalar ham bor.

Belgorod oblasti bir yildan buyon Ukraina tomonidan o‘qqa tutiladi. Shuning sabab bu mintaqa tub aholi qatorida migrantlar uchun ham xavfli bo‘lib qolmoqda.

Belgoroddagi musofirlar soni bo‘yicha rasmiy statistika yo‘q. Migrant.uz muhojirlar orasida o‘tkazgan so‘rovnomada ishtirokchilarning 10%i (192 nafar) yoki o‘zi yoki yaqinlari Belgorodda ekanini ma’lum qilgan. Bu umumiy benefisiarning 0.47%ga teng. Ekspertlar bir yarim millionga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyada muhojir ekanini ta’kidlaydi. So‘rovnoma natijasini foiz kesimida hisobga olsak, 7 mingga yaqin o‘zbekistonlik Belgorodda musofir ekanini taxmin qilish mumkin.

Shundan kelib chiqib, Belgoroddagi muhojirlarga yana bir bor tavsiyalarimizni eslatib o‘tamiz.

Eng avvalo, Belgoroddan Rossiyaning boshqa xavfsiz hududlariga ketishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.

Belgoroddan ketguncha:

🔸 pasport va boshqa hujjatlaringizni doim yoningizda olib yuring;
🔸 telefoningizni doim to‘liq “zaryadka” qilib qo‘ying;
🔸 zaruriy dori-darmonlarni, masalan, diabeti borlar insulinni doim yoningizda olib yuring;
🔸 eng muhimi yaqinlaringizga doimiy lokatsiya translyasiyasini yoqib qo‘ying;
🔸 tez-tez uyingizdagilar bilan aloqada bo‘lib, holatingiz va bo‘lib turgan joyingizni aytib boring. Biror kor-hol bo‘lsa sizni qayerdan va qanday topish bo‘yicha yaqinlaringiz yo‘nalish berishi uchun bu juda muhim.

Belgoroddagi notinchlik qachon tugashi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Biroq o‘qqa tutilish uzoq davom etishini taxmin qilish mumkin. Shunday ekan vaziyat barqarorlashini kutishdan ko‘ra, boshqa shaharga ketib ishlash to‘g‘ri bo‘ladi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya