Maqola

196 22/05/2024

Rossiyada migrantlarni jamoat transporti haydovchisi sifatida ishga yollashni taqiqlash kadrlar yetishmovchiligiga olib kelishi va soha rivojini sekinlashtirishi mumkin. Bu haqda shu soha vakillari Davlat Dumasi deputati Sergey Mironovning taklifiga javobida aytib o‘tildi.

Migratsiya siyosati va ishga yollash bo‘yicha ekspert, “Migrant servis” dasturi ijrochi direktori Andrey Kladovning fikricha, bunday chora mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilamaydi. Sankt-Peterburgda haydovchilar yetarli emas va taqiq muammoni yanada kuchaytiradi. Kladovning ta’kidlashicha, migrantlar shunchaki chakana savdo, qurilish, mehmonxona va restoran biznesi, sanoat kabi boshqa muhim tarmoqlarga o‘tadi.

“Transportda ishlashni taqiqlash bu sohada ishchilar yetishmasligiga olib keladi va logistika sohasida muammolarni keltirib chiqaradi, transport kompaniyalari ustidan xavfsizlik va nazorat masalalarini hal qilish kerak, lekin taqiqlarni joriy qilmaslik kerak”, deb ta’kidlaydi Kladov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, birinchi navbatda mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda texnika va haydovchilarni smena oldidan tekshirish zarur.

Shahar mehnat va bandlik qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Sankt-Peterburgda migrantlar soni bo‘yicha yetakchi tarmoqlar ma’muriy faoliyat va tegishli xizmatlar (64,6 ming kishi, sohada ishlaydiganlarning umumiy sonining 18,5%) bo‘ldi, ikkinchi o‘rinda qurilish (62 ,3 ming kishi, 17,8%), qayta ishlash (52 ming kishi, 14,8%), savdo (38,6 ming kishi, 11%) va transport (35,1 ming kishi, 10%) bo‘lgan edi.

Deputat Sergey Mironov 10 may kuni Moyka daryosida avtobusning daryoga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan fojiadan so‘ng migrantlarning transport va ta’lim sohasida ishlashini taqiqlashni taklif qildi. Uning fikricha, ruslarni ushbu sohada ishlashi uchun “munosib maosh” bilan ta’minlash lozim ekan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya