274 22/05/2024

Davlat Dumasi Rossiyaning Ukrainaga urush e’lon qilish ehtimolini muhokama qilmoqda. Safarbarlik amalga oshirilsa, barcha turdagi harbiydan ozod bo‘lish qoidalari bekor qilinadi.

“Urush holatida safarbarlik – bu safarbarlik. Bu yerda ozod qilishlar bo‘lishi mumkin emas. Aks holda, biz safarbarlik resursimizni sezilarli darajada qisqartiramiz va jang qiladigan hech kim qolmaydi”, – degan Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi, general-leytenant Viktor Sobolev.

Uning aniqlik kiritishicha, urushga hamma, hatto Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ko‘p bolali yangi fuqarolar ham boradi.

Shu sababli, Davlat Dumasining Mudofaa qo‘mitasi uch yoki undan ko‘p bolali otalar uchun harbiydan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etishni tavsiya qilmoqda.

Sobolevning so‘zlariga ko‘ra, urush e’lon qilingan taqdirda, undan faqat harbiy-sanoat majmuasi ishchilari, shuningdek, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchilar ozod etilishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya