Maqola

236 24/05/2024

Moskva yaqinidagi Istra shahrida yong‘in oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan noqonuniy yotoqxona ijarachisi 23 yoshli Tojikiston fuqarosi Muzaffarxon Mirtozaev hibsga olindi. Mirtozaev oʻzi ijaraga olib yashab turgan shaxsiy uyni boshqa muhojirlarga ijaraga ham bergan.

Yong‘in kottejda erta tongda hamma uxlab yotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Uydagi 15 kishidan faqat bir qiz omon qolgan va shifoxonaga olib borilgan.

Uy ikki qavatli karavotlar bilan jihozlangan noqonuniy yotoqxona bo‘lgan. Ichkarida tutun detektorlari va o‘t o‘chirish moslamalari ham bo‘lmagan. Yong‘in boshlanganda qo‘shnilar yordam berishga harakat qilishgan, biroq yaqin atrofdagi ot sporti klubi qo‘riqchilari qutqaruvda qatnashishdan bosh tortgan.

Ijara shartnomasida uydan yotoqxona sifatida foydalanilayotgani aytilmagan.

Tergovchilar yong‘in sabablari va noqonuniy migratsiyani tashkillashtirishga aloqador shaxslarni aniqlamoqda. Mirtoʻzaev 15 kishini joylashtirganini, ularning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari ekanligini aytdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga isitish moslamasining nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya