189 27/05/2024

Internetdagi tarmoqlarda jamoat transportida yurgani uchun bilet narxini to‘lamagan muhojirlarni yo‘l haqini to‘lashga majburlayotgan rossiyaliklar videosi ko‘paya boshladi. Faollar muhojirlar avtobus yoki trolleybuslarda yo‘l haqini to‘lamasliklari, bu bilan jamoat tartibini buzishayotganidan norozi bo‘lishmoqda.

Haqiqatan ham, noma’lum sabablarga ko‘ra muhojirlar orasida jamoat transportiga chiqqanda validatorga karta qo‘ymaslik, ya’ni bu bilan yo‘l haqini to‘lamaslik juda keng urf bo‘lgan. Yo‘l haqi qimmat bo‘lmasa-da negadir ayrim muhojirlar avtobus pulini to‘lagisi kelmaydi. Pul to‘lash o‘rniga nazoratchi bilan mushtlashib ketgan, kaltaklagan, bahsga kirishgan muhojirlarning videolari internetda ko‘p tarqalib, o‘z xalqini “dunyoga tanitmoqda”.

Jamoat transportida chiptasiz yurish huquqbuzarlik sanaladi. Transport kartasini soxtalashtirish esa jinoyat. Chiptasiz yurganlik uchun huquqbuzarlik haqida bayonnoma (protokol) tuzilib, ma’muriy jarimaga tortilasiz. Ikki jarima uchun esa Rossiyaga kelish uchun taqiq olish mumkin.

Rossiya Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 10.1 va 10.9-moddalariga binoan jamoat transportida chiptasiz yoki yuk haqini to‘lamay yurgan kishi jarimaga tortiladi.

Jarima puli majburiy ravishda davlat tomonidan undirib olinadi. Bu esa tez bo‘lmaydi. Masalan, fevral oyida to‘lanmagan yo‘l haqi uchun qo‘yilgan jarima puli may-iyun oylarida undiriladi. Undirish davomida bank kartalari bloklanib qoladi, Rossiyadan chiqish esa taqiqlanadi.

Shuning uchun muhojirlarga jamoat tartibini buzmaslik, ijtimoiy mas’uliyatni his qilish va Rossiyaga kelish uchun taqiqqa tushishning oldini olishni qat’iy tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya