Maqola

214 28/05/2024

Moskva oblastining Podolsk shahridagi Talalixin nomidagi bog‘da millatchilik ustida nizo tufayli urush bo‘lgani haqida mahalliy guruhlarda video tarqaldi. Mazkur videoni millatchi, ultra o‘ng va migrantofob guruhlar muhojirlar uyushtirgan navbatdagi ommaviy urush deya tarqata boshladi.

Biroq politsiyaning ma’lum qilishicha, nizo 17 va 18 yosh ikki maktab o‘quvchisi o‘rtasida kelib chiqqan. Hech qanday ommaviy mushtlashuv yuz bermagan.

Politsiya xodimlari voqea joyiga tez yetib kelib, nizo chiqargan huquqbuzarlarni politsiya bo‘limiga yetkazgan. Politsiya bo‘limida o‘smirlar bir-birlariga da’volari yo‘qligini aytgan va qo‘yib yuborilgan.

Ayni vaqtda politsiyachilar yuz bergan holatning boshqa tafsilotlarini tekshirishmoqda.

Podolsk politsiya boshqarmasi Talalixin bog‘idagi ommaviy mushtlashuv haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya