Stavropolda ishlab yurgan muhojir 35 ming rublga Qirg‘izistonning soxta pasportini sotib olgan. Sog‘lig’i tufayli Neftekumsk tuman kasalxonasiga borganda uning pasporti u yerdagi xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Politsiya pasportning qalbaki ekanligini aniqlab, migrantga nisbatan jinoiy ish ochgan.
Migrantning aytishicha, u pasportini bir necha yil ilgari yo‘qotib qo‘ygan va shu kungacha soxta pasport bilan yurgan.
Hurmatli muhojir hamyurtlar! Soxta hujjatlarni sotib olmang va ulardan foydalanmang.
Qasddan soxta hujjatdan foydalanganlik uchun sakson ming rublgacha yoki olti oygacha bo’lgan ish haqi yoki boshqa daromadlari miqdorida jarima yoki to’rt yuz sakson soatgacha bo’lgan muddatga majburiy mehnat bilan jazolanadi.
Shuningdek, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanishi ham mumkin.