191 19/06/2024

16-iyun, yakshanbaga o‘tar kechasi o‘zbekistonlik 48 yoshli fuqaro qorin qismining teshilgan jarohati bilan Tosno kasalxonasiga yetkazilgan. Og‘ir ahvolda u reanimatsiyaga yotqizilgan.

LenTV24 telekanalining xabariga ko‘ra, hodisa Fedorovskoye qishlog‘idagi Pochtovaya ko‘chasidagi ishlab chiqarish ob’yektida sodir bo‘lgan. Mojaro vaqtida 45 yoshli erkak hamyurtining qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish fakti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olinib, izolyatorga joylashtirildi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya