Maqola

204 19/06/2024

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 18-iyun kuni “Нелегал – 2024” operatsiyasi tugagani haqida rasmiy sahifalarida ma’lum qildi. Biroq Moskva va boshqa shaharlarda reydlar hali ham davom etmoqda.

“Осторожно, Новости” telegram kanalining xabar berishicha, Moskvaning “Град Московский” mikrorayoni aholisi 19-iyun kuni erta tongdan “Московский совхоз” oldida politsiya mashinalari – avtozaklarni ko‘rishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, politsiya “совхоз”ning ishchilarini ko‘chaga chiqargan. Katta ehtimol bilan u yerda migratsiya qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Mahalliy aholining xabar berishicha, “сoвхоз” hududida yoshlar diniy klubi ham mavjud.

Ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligi obyektlarida o‘tkazilayotgan tekshiruvlarni barcha rossiyaliklar olqishlagani yo‘q. Aksincha, bundan norozi bo‘layotganlar ham ko‘payib bormoqda.

Foydalanuvchilardan biri g’azab bilan qishloq xo’jaligi korxonalarida reydlar o’tkazilayotganini, bu erda odamlar haqiqiy foyda keltirayotganini, “Sadovod” bozori va Komsomolskaya metrosida bunday tekshiruvlar yo’qligini aytadi. Foydalanuvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga qilingan reydlar raqobatchilarning buyrug‘i yoki egasidan pora olishga urinish bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

“Нелегал” operatsiyasi har yili Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich odatda mayning oxiri va iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich esa turli shaharlarda avgustning oxiridan oktyabrgacha o‘tkaziladi.

“Нелегал – 2024”ning birinchi bosqichi yakuni bo‘yicha Rossiya Ichki ishlar vazirligi quyidagi hisobotni taqdim etgan:

  • 50 ming migratsiya qonunchiligi buzilish holatlarining oldi olingan;
  • 9 ming migrant Rossiyadan majburiy chiqarib yuborilgan;
  • 11 ming migrantga nisbatan Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilgan;
  • 2 ming kishiga nisbatan noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jinoiy ish ochilgan;
  • 150 nafar qidiruvda bo‘lgan migrantlar shaxsi aniqlangan. Qolaversa, 6 ming nafar ish beruvchi migrantlarni noqonuniy ravishda ishga olgani uchun jarimaga tortilgan.

Reydlarning davom etayotganini hisobga olib, muhojirlarga qonuniy yurish ahamiyatini yana bir bor eslatamiz. Hujjat rasmiylashtirib, qonuniy yurish ma’lum ma’noda xavfsizlik kafolatidir.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya