211 20/06/2024

Endi Rossiya tergovchilari va politsiyachilari gumondor, aybdor va ma’muriy nazoratdagilarga Ukrainadig Maxsus operatsiya xizmat qilish uchun shartnoma berish majburiyati qo‘yildi.

Rossiya tergov qo‘mitasi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tergovchilarga yangi tartib kiritgani ma’lum bo‘ldi. Endi tergovchilar aybdor va gumondorlarga jinoiy ish yopilishi evaziga Ukrainadagi Maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etish uchun shartnoma taklif qilishlari kerak bo‘ladi. Bu haqida davlat idoralari bilan yaqindan ishlaydigan “Baza” telegram kanali va Milliy yangiliklar xizmati (Национальная служба новостей) xabar bergan.

Telegram kanal manbalariga ko‘ra, yangi tartib tavsiyasi Rossiya bo‘yicha barcha Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi boshqarmalariga yuborilgan. Endi politsiyachilar va tergovchilar Rossiya qurolli kuchlarida xizmat shartnomasini taklif qilishadi. Harbiy xizmat evaziga jinoiy ishlar reabilitatsiya asoslariga ko‘ra yopilishi va’da qilinmoqda.

“Baza” telegram kanalining xabar berishicha, politsiya xodimlari ma’muriy nazoratga olinganlarga ham Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga borishni taklif qilishlari kerak.

Ta’kidlash joizki, muhojirlar ham asosan ma’muriy nazoratga olinadi. Masalan, sud orqali majburiy chiqarib yuborish chorasi (административное выдворение) qo‘llanganidan keyin “Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga” (ЦВСИГ – Спецприёмник) joylashtirilgan muhojirlar ma’muriy nazoratda bo‘ladi. Bundan kelib chiqib, demak ularga ham harbiy shartnomalar taklif qilinishini tushunish mumkin.

Yoki tajribada muhojirlarni asosan sudga qadar ma’lum vaqt politsiya bo‘limida ushlab turishadi va buni “хулиганство” (bezorilik) ma’muriy ishi bo‘yicha rasmiylashtirishlariga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Demak, muhojirlar politsiya bo‘limidagi bunday muhojirlarga ham harbiy shartnoma taklif qilinadi.

Qolaversa, alohida qo‘rquv va xavotirlarni “Baza” telegram kanali keltirayotgan navbatdagi ma’lumot uyg‘otmoqda. Yozilishicha, endi politsiyachilar va tergovchilar taklif qilingan “контракт” soni bo‘yicha hisobot topshirishga majbur. Bunday majburiyat tufayli politsiyachi va tergovchilar hisobotni oshirish uchun muhojirlarga bosim o‘tkazishiga olib keladi, degan xavotir paydo bo‘lgan.

2024-yilning mart oyida Rossiya parlamenti (Gosduma) aybdor va gumondorlar harbiy shartnoma imzolasa ularga nisbatan ochilgan jinoiy ishni to‘xtatilishi bo‘yicha qonunni qabul qilgan.

Mazkur qonundagi o‘zgarishga ko‘ra, jinoiy ishdan ozod etilish uchun sud hukmi kerak. Biroq sudga qadar jinoiy ishning yopilishi uchun tergovchining qarori yetarli. Buning uchun tergovchi rahbariyatdan, politsiyachi esa prokurordan ruxsat olishi kifoya.

Bunday chora jamoatga tahdid soladigan va voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat qilganlarga qo‘llanmaydi, xolos. Qolgan jinoyatlar, masalan, giyohvandlik moddasi bo‘yicha qamalganlarga aloqador. Muhojirlarning aksariyati esa Rossiyada aynan giyohvandlik va firibgarlik bo‘yicha qamalmoqda.

Umid qilamizki, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbariyati Rossiyadagi fuqarolarga yordam berish masalasida alohida chora-tadbirlar joriy qiladi va muhojirlarning yollanma askarlikka yuborilishiga qarshi kurashadi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya