Maqola

236 21/06/2024

Rossiyadagi muhojirlar soni 16 milliondan oshadi, bu umumiy aholining 12 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi rus tilini bilmaydi, buni esa tuzatish kerak, deydi Rossiya Davlat Dumasi nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dmitiy Gusev. «НСН» bilan suhbatda u muhojirlarga hujjat berishdan avval qattiq tekshiruv o’tkazilishini qo’llab-quvvatlagan.

«Рособрнадзор»ning 2024-yil 15-mayda e’lon qilgan va Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-iyunda tasdiqlangan buyrug’iga ko’ra, migrantlarni imtihondan o’tkazish mezonlariga qo’shimcha band kiritildi.

Yangi buyruq bo’yicha hujjat berish vaqtida Rossiya ichki ishlar vazirligi xodimlari muhojirlarga sertifikati bo‘lishiga qaramay, rus tilini bilishiga e’tibor beradi va tilni bilmagan muhojirlar haqida «Рособрнадзор»ga xabar beradi.

Bunday xabar berish tartibi keyinchalik nimaga ta’sir qilishi hali noma’lum. Biroq, “Saxarovo” kabi Migratsiya markazlarida xodimlar allaqachon rus tilini bilmaydigan muhojirlarga sertifikati bo’lsa ham patent bermayotgani kuzatilmoqda.

2014-yil boshidan boshlab Rossiyaga kelgan muhojirlar rus tili, qonunchilik va mamlakat tarixi bo’yicha imtihon topshirishlari shart. Bunday sertifikatsiz ularga mehnat patenti, yashash uchun ruxsatnoma yoki fuqarolik berilmaydi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya