Maqola

214 01/07/2024

Vladivostokda o‘zbekistonlik muhojir ikki yigitga hujum qilib, birini o‘ldirgan, ikkinchisini yaralagan. Primorye Tergov qo‘mitasining telegram kanalida xabar berilishicha, voqea 30-iyun kuni Tuxachevskiy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Muhojir bo‘yniga pichoq urgan yigitlardan biri “tez yordam” yetib kelguniga qadar vafot etgan. Ikkinchi jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va u tergovchilarga ko‘rsatma bergan.

U yerda bo‘lgan ikki migrantdan faqat biri hujum qilgan. Qo‘lga olingan shaxs tergov izolyatoriga jo‘natilgan. Uning sherigi, garchi hujumda ishtirok etmagan bo‘lsa ham Rossiyada noqonuniy bo‘lganligi sababli Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilgan. Tergovchilar, shuningdek, ayblanuvchining Rossiya Federatsiyasida bo‘lishi qonuniyligini ham tekshirmoqda.

Holat yuzasidan “Qotillik” va “Birovning joniga qasd qilish” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Vladivostok i tochka” telegram-kanalining xabar berishicha, muhojirlar kafeda ishlagan. 30 iyun kuni kechqurun ularga berilgan tanbeh janjalga sabab bo‘lgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya