Maqola

187 10/07/2024

Tataristondagi taksi muammosining sababi – migrantlar va ularning Rossiya olingan haydovchilik guvohnomalari yo‘qligi aytildi.

Tatariston Respublikasi Davlat yo‘l harakati inspektsiyasi boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Ayrat Samigullin Tataristonda taksi sohasidagi asosiy muammolar – Rossiyaning haydovchilik guvohnomalari yo’qligi va migrantlar ekanini ma’lum qilgan.

Uning qayd etishicha, 2024-yilning birinchi yarmida taksi haydovchilarining aybi bilan Tataristonda to‘rtta YTH sodir bo‘lgan. Ularda besh kishi halok bo‘lgan, yetti kishi jarohatlangan. Ma’ruzachining so‘zlariga ko‘ra, agregatorlar tomonidan yo‘lovchi tashishga ruxsati bo‘lmagan tashuvchilarga buyurtma berish, shuningdek, migrantlarning taksida ishlashi muammoli masalalar bo‘lib qolmoqda.

Samigullin agregatorlarni ruxsati bo’lmagan yoki Rossiya milliy haydovchilik guvohnomasisiz ishlayotgan haydovchilarni tizimdan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Shuningdek, majlis davomida Tataristonda “Taksi” deb nomlanuvchi profilaktika tadbiri o‘tkazilishi e’lon qilindi. Tataristondagi haydovchi muhojirlarni e’lon qilingan “Taksi” reydiga tayyor bo‘lishga chaqiramiz.

Xulosa qilish mumkinki, Tataristonda taksi sohasidagi muammo hozirgi kunda muhojirlar bo‘lsa, keyinroq taksi narxlarining qimmatlashi bo‘ladi. Chunki aholi uchun qulay narxlarda taksi xizmatining mavjudligida muhojirlarning hissasi katta. Masalaning iqtisodiy tarafi mansabdorlarni qiziqtirmasligi esa oddiy hol.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya