Maqola

216 15/07/2024

Ufa shahrida Tojikistonning ikki fuqarosi madrasa ikki xonalik xonadonni ijaraga olib, u yerda madrasa ochgan. Ma’lum bo’lishicha, “madrasada” o‘quvchilar qizitilgan temir bilan tamg‘alangan, kaltaklangan va barmoqlari sindirilgan.

Shunday jazoga tortilgach, qochishga erishgan bolalardan biri do’konga kelib, yordam so‘ragan. Qochib qutilgan bolakay madrasaning ichida nima bo’layotganini aytib bergan. Shundan so‘ng, madrasini ochgan ikki xorijlik qo‘lga olingan. Madrasada jami 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 16 nafar bola bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston Respublikasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“2024-yil 12-iyulga o‘tar kechasi Tergov qo‘mitasi tergovchilari va Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlarining hamkorligida voyaga yetmaganlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi, bolalar ozod etildi, ikki nafar ayblanuvchi – Tojikiston Respublikasi fuqarolari qo‘lga olindi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Hozirda jabrlanganlar ijtimoiy muassasaga yetkazilib, ularga tegishli yordam ko‘rsatilmoqda. Zaruriyat yuzaga kelsa, bolalarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi, deya qo‘shimcha qildi Tergov qo‘mitasi.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish, qiynoqlarni qo‘llash, voyaga yetmagan bolani tarbiyalash majburiyatlarini bajarmaslik aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar voqea tafsilotlarini aniqlamoqda.

Ayni vaqtda bolalarni qutqargan huquq-tartibot idoralari xodimlari ularning ota-onalarini qidirishga kirishgan. Hozircha bolalarning bir qismi va ularning ota-onasi Tojikiston fuqarolari ekani ma’lum bo’ldi. Katta ehtimol bilan qolgan bolalar ham Tojikiston fuqarolaridir.

Migrantlar uchun bolalar bog’chalari va maktablar muammosi o’tkirligicha qolmoqda. Migrantlarning farzandlarini oddiy davlat bog‘chalariga joylashtirish juda qiyin.

Maktablarga ham bolalarni joylash katta muammo. Bu esa migrantlarning bolalarini ijtimoiylashtirish muammosini yanada kuchaytirmoqda. Shu sabab ota-onalar farzandlarini migrantlarning o’zlari ochgan “qo‘lbola”maktablar yoki bolalar bog’chalariga berishmoqda. Natijada bolalar ta’lim olmay, ijtimoiylashmay, buning o‘rniga katta jarohat olishi holatlari ko‘paymoqda.

Avvalroq Ufada xuddi shunga o‘xshash boshqa voqea ham sodir bo’lgan edi. Unda diniy ta’lim maqsadida shahar masjidlaridan birining yerto‘lasida bolalar ushlab o‘tirilgani va yaxshi o‘qimagani uchun kaltaklangani aniqlangan edi. Masjid rahbariyati va Boshqirdiston musulmonlari idorasi yerto‘ladagi madrasasiga aloqadorliklarini inkor etgan edi.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya