Maqola

193 22/07/2024

Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun migratsiya nazorati bo‘yicha uchta yangi federal qonun loyihasi kiritildi.

Birinchi qonun loyihasida noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilgan.

Shaxsning Rossiya Federatsiyasi hududida belgilangan tartibni buzgan holda bo‘lishi og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblanadi.

Ikkinchi qonun loyihasiga ko‘ra, muhojirlarga noqonuniy xizmat ko‘rsatayotgan internet-resurslarni sud qarorisiz bloklash taklif qilinmoqda. Ya’ni “posrednik”, o‘rtakashlarning saytlari, tarmoqdagi sahifalari, soxta hujjatlarni tayyorlab sotuvchilarni sud qarorisiz bloklash taklif qilinmoqda.

Uchinchi qonun loyihasi esa migrantlar uchun rus tili imtihonlarini o‘rtakashlar o‘tkazishini butunlay taqiqlashdan iborat. Eslatib o‘tamiz, may oyidan buyon rus tili imtihonlarini vositachi markazlarda o‘tkazilishini Rossiya ta’lim vazirligi ma’muriy tartibda taqiqlagan edi. Agar qonun loyihasi qabul qilinadigan bo‘lsa rus tili imtihoni bo‘yicha vositachi markazlarning faoliyati qayta tiklanmaydi.

Umuman olganda, Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Davlat Dumasi migratsiya nazorati, xorijliklarning huquqiy maqomi va Rossiya fuqaroligini berish masalalari bo‘yicha jami 25 ta qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya