Maqola

188 31/08/2024

Moskvada migrant-taksichi ravvinni uning yahudiy ekanligi uchun manzilga yetkazishdan bosh tortdi. Endi unga jinoiy ish ochilishi mumkin.

Yosh yahudlar tashkiloti “Yaxad” ravvini Mixoel Stavropolskiy Sokolnikidagi yahudiylari jamoati binosiga taksi chaqirgan. Ammo taksi haydovchisi bo‘lgan migrant yo‘lovchining yahudiy ekanini bilib, xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan.

Mijoz bunday holatdan e’tiroz bildirib, “Yandex”ning texnik xizmatiga shikoyat qilgan. “Yandex” xavfsizlik xizmati esa o‘z navbatida ravvin bilan bog‘lanib, haydovchiga nisbatan chora ko‘rishini va tekshiruv o‘tkazishini va’da qilgan. Ammo tekshiruvlar bu bilan yakunlangani yo‘q.

Voqeaga Rossiya Tergov organi ham qiziqish bildirdi. Preobrajenskiy tumani bo‘yicha Moskva shahar Tergov qo‘mitasi bo‘limi dindorlarning tuyg‘ularini haqoratlanganlik bo‘yicha surishtiruvni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Tergovchi ravvinni ko‘rsatmalar berish uchun chaqirgan va haydovchi yahudiyni manziliga olib bormagani uchun javobgarlikka tortish jarayoni boshlangan.

Rossiyada o‘zaro tenglik va hurmat prinsipi aksar hollarda faqat bir tomonga ishlaydi. Millati, fuqaroligi yoki dini tufayli migrantlarga nisbatan tazyiqlar ro‘y berganda nima uchundir davlat organlari va jamoatchilik tomonidan bu voqealar e’tiborga olinmaydi. Lekin migrantlar biror masalada fuqarolik va insoniy pozitsiyasini bildirsa huquq-tartibot organlari darhol faollashib qoladi va jinoyat ishi ochish bilan qo‘rqitishlar boshlanadi.

Lekin nima bo‘lganda ham mijoz doim haq, uning dini, irqi va millati uchun xizmat ko‘rsatmaslik noto‘g‘riligi aniq. Shu o‘rinda yahudiy ravvinning bosiqlik bilan gapirgani va shikoyatni ham o‘z o‘rnida qilgani unga foyda keltirdi. Muhojirlarimizga noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelganda jismoniy kuch ishlatish, haqoratlarga o‘tmasdan, faktlarni yig‘ish va kerakli organlarga shikoyat qilish, huquqshunoslarga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya