Maqola

205 10/09/2024

O‘zbekiston Hukumati Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining telegram-kanalida tashrif ikki kunlik ekanini va uning maqsadi rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazilishligini qayd etgan.

«Joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi. Tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi, Toshkentdagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishuv, shuningdek, boshqa obyektlarga tashrif rejalashtirilgan», – deyiladi xabarda.

O‘zbekistondan mehnat migratsiyasi masalalari, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani, ularning mehnat sharoitlari va huquqlarining buzilishi muhokamasi ham kun tartibiga kiritiladimi ma’lum emas. Hozircha rasmiy xabalarda migratsiya masalasi umuman tilga olingani yo’q.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya