Maqola

131 10/09/2024

Biz hozirga qadar ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni baham ko’ramiz:

Tungi 2:32 da Moskva yaqinidagi Lyubersida dron hujumi qaytarilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

24 daqiqa o‘tib, Ramenskoyeda yana ikki dron urib tushirildi.

23 daqiqadan keyin Podolskda yana to‘rt dron yo‘q qilindi.

Keyinroq Domodedovo shahri va Ramenskoye hududida yana uchta dron urib tushirildi.

Soat 4:38 da Ramenskoyeda yana ikki ukrain droni urib tushirildi. Tushirilgan dronlarning parchalari Ramenskoye shahrining Sportivniy proyezd ko’chasidagi ko‘p qavatli uyga tushgan.

Birozdan so‘ng, yana bir dron Ramenskoye shahrining Visokovoltnaya ko‘chasidagi uyga tushgan. Natijada bir ayol halok bo‘lgan. “SHOT” telegram kanalining xabar berishicha, yana besh kishi jarohat olgan. Hujum oqibatlarini o’sha uyda yashovchi “Kaspiyskiy Gruz” guruhining repperi Brutto namoyish qildi.

Keyinroq Kolomna va Ramenskoyeda yana ikki dron urib tushirildi.

Tun davomida Rossiya hududlari ustida 144 ta dron urib tushirildi. 72 ta dron Bryansk oblastida, 20 ta Moskva oblasti hududida, 14 ta Kursk oblastida, 13 ta Tula oblastida, sakkizta Belgorod oblastida, yettita Kaluga oblastida, beshta Voronej oblastida, to‘rtta Lipetsk oblastida va bitta Oryol oblastida urib tushirilgani ma’lum qilindi.

“Vnukovo”, “Domodedovo” va “Jukovskiy” aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar kiritildi, hozirda ular olib tashlangan. Dronlar hujumi xavfi tufayli Qozon aeroporti reyslarni hali ham qabul qilmayapti.

Migrant.uzga ma’lum bo’lishicha, Moskva oblasti Ramenskoye shahrida urib tushirilgan dron qoldiqlari tushgan ko’p qavatli uylarda muhojirlar ham yashayotgan bo’lgan. Ayni vaqtda tahririyat muhojirlar bilan bog’lanib, ularning salomatliklari va holatini o’rganishga urinmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya