200 13/09/2024

Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga tushmoqda.

Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya transport vazirligiga yig‘imlarni oshirish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgani aytilmoqda. Agar vazirlik “АЭВТ” taklif qilgan yengilliklarga rozi bo‘lmasa, aviachiptalar narxi oshadi, deb xabar berdi «Коммерсант» nashri.

Qoidalarga kiritiladigan o‘zgarishlar aviaparvozlarga bo‘lgan talabni kamayishi, shuningdek, Rossiya aviakompaniyalarining raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya