Maqola

126 16/09/2024

Magadanda migrantlarga jamoat transportlarida ishlash taqiqlangani tufayli muammolar paydo bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Yuriy Grishan ma’lum qilgan.

– Avtobuslar kamligi muammosi mavjud, odamlar bekatda uzoq vaqt kutishlariga to‘g‘ri kelyapti, jadvallar buzilmoqda. Bu muammo haqiqatan mavjud va kuchayib bormoqda. Chunki xorijlik fuqarolarni ishga qabul qilish cheklangani sababidan korxonalar juda katta kadrlar muammosiga duch kelmoqda. Bu muammoga shahardagi yo‘lovchi tashuvchi korxonalar ham, mintaqalararo yo‘lovchi tashuvlar va maktab avtobuslarida ishlaydigan yangi korxonalar ham duch kelyapti, – deydi Yuriy Grishan.

Shahar hokimi muammoni hal qilish bo‘yicha yechimni taklif qilmagan.

Magadan oblasti gubernatori Sergey Nosov 2023-yil oxirida o‘z qarori bilan jamoat transportida migrantlarning ishlashini taqiqlagan edi. Mintaqa ma’muriyatiga ko‘ra, bu taqiqning sabablari xorijlik fuqarolarning rus tilini bilmasligi va ikki katta yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lgani edi.

2024-yil avgust oxirida Kolima shahar hokimiyati farmon tufayli faqatgina yo‘llardagi vaziyat yaxshilanganini ta’kidlagan. Mintaqadagi transport vazirining o‘rinbosari esa farmonni bajarish bilan bog‘liq muammolar yo‘qligini ma’lum qilgan. “ГИБДД” vakillari yetti oy davomida jamoat transporti bilan bog‘liq YTHlar soni 50%ga qisqarganini ma’lum qilgan. Taksilar bilan bog‘liq avariyalar qayd etilmagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya