Maqola

372 05/10/2024

Uzoq vaqtdan beri samolyotsozlik bilan qiziqadigan moskvalik 73 yoshli Vladimir Lisyanskiy parashyut va motordan qo‘lbola paralyot yasagan. Qariya dachada ishlab yurgan 44 yoshli mehnat muhojirini sinovchi uchuvchi sifatida paralyotda parvoz qilishga ko‘ndirgan. Biroq ularning parvozi fojia bilan tugashiga bir bahya qoldi.

Domodedovo aeroporti dispetcheridan uchishga ruxsat olgan Vladimir Lisyanskiyning ko‘rish qobiliyati yomonlashgani sababli orqaga qaytishga majbur bo‘ldi.

Qorong‘ida uchuvchi mo‘ljalni yo‘qotib qo‘ygan. “Uchuvchi”larni tasodifan qutqarib qolishdi. Vladimir Jukovskiy aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining chiroqlarini ko‘rib qolgan. Garchi dispetcher qo‘nishga ruxsat bermagan bo‘lsa-da u paralyotni qo‘ndirishga qaror qildi. Yaxshiyamki, hech kim jabrlanmadi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya daliliy ashyo sifatida paralyotni tortib oldi.

Himoya qilinadigan ob’yektga kirishni nazorat qilish rejimini buzganlik uchun Vladimirga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Migrant esa ro‘yxatdan o‘tmagani uchun Rossiyadan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya