Maqola

318 14/10/2024

Rossiya koloniyasida yetti yillik muddatini oʻtayotgan 32 yoshli tojikistonlik Jovid jurnalistlarga murojaat qilib, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari qamoqxonada qanday holatga duch kelayotganini aytib bergan.

Jovidning soʻzlariga koʻra, koloniya maʼmuriyati uni va boshqa Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini Rossiya fuqaroligini qabul qilishga va urushga borish uchun kontrakt tuzishga majburlamoqda, deb yozadi “Ozodi” nashri.

Jovidning aytishicha, hujjatlarni imzolamaganlar qamoqxonaning maxsus izolyatoriga (ShIZO) yuborilmoqda. Bundan tashqari, qamoqxona xodimlari migrantlarni muntazam ravishda haqoratlab, boshqa mahbuslarni ularni kaltaklashga chaqiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodan bo‘lgan migrantlar tushkunlikda va koʻpchilikda suiqasd qilish fikri paydo boʻlgan.

Jovid saqlanayotgan koloniyadan avval ham Markaziy Osiyodan boʻlgan mahbuslar guruhi “Настоящее время” nashriga jamoaviy maktub yozgan edi. Ularning aytishicha, koloniyada Markaziy Osiyo davlatlaridan taxminan 400 ga yaqin mahbus bor. Ularning nechtasi Ukrainadagi urushga yuborilgani noma’lum.

Agar siz ham oʻz hikoyangiz bilan murojaat qilmoqchi boʻlsangiz yoki materiallarimizga qoʻshimchalar kiritmoqchi boʻlsangiz, @migrantxabar akkauntiga xabar yuborishingiz mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya